O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 fevraldagi 4-sonli "11 fevral - Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar Xalqaro kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni yumori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi bayonnomasida shu yilning 6-11 fevral kunlari ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirish maqsadida Toshloq tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida san’at, madaniyat, badiiy ijod kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan tashabbuskor va fidoiy ayollar va qizlar o‘rtasida ijodiy tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdilar:
• Eng yaxshi maqola muallifi
• Eng faol ixtirochi o‘quvchi-qiz
• Eng yaxshi innovasion g‘oya (loyiha) muallifi
• Pedagogika bo‘yicha eng yaxshi innovasion loyiha” yo‘nalishlar bo‘yicha bellashdilar. Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.