Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan. Toshloq tumanidagi Tog‘liq MFYda yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan "Keksalar doim e’zozda" loyihasi asosida yoshi ulug‘ hamda yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Shu kuni mahallada keksalari bor xonadonlarga tashrif buyurib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek, keksalarga ehtirom ko‘rsatish bilan birga yosh avlodga mehr-oqibat, hurmat, mehnati orqali qadr topgan inson doim e’zozda bo‘lishi to‘g‘risida suhbatlar ham o‘tkazildi.