Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“AYOLLAR DAFTARI” TIZIMINING NAVBATDAGI BOSQICHI SHAKLLANTIRILMOQDA

×

 2023-02-16 15:25:33    328

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida “Ayollar daftari” tizimining 4-bosqichini shakllantirish bo‘yicha tuman shtabi, sektor va mahallalarda ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqdalar. Ayni 4-bosqich bo‘lgan “Ayollar daftari” tizimini shakllantirish  jarayonini ko‘zdan kechirish maqsadida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyat shtabi rahbari Abdug‘affor Solihov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Farg‘ona viloyati kengashi raisi Erkinjon Nuraliyevlar tashrif buyurdilar. Komissiya a’zolari A.Solihov va E.Nuraliyevlar tumandagi mahallalar xotin-qizlar faollari bilan suhbatlashib anketa-so‘rovnomalarni ko‘zdan kechirdilar. Faoliyat yuritish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar.O‘rganish natijalari muhokamasida Toshloq tumani hokimi, “Ayollar daftari” tuman shtabi rahbari Abduqahhor Djurabayev, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shtab rahbari o‘rinbosari Shavkat Toirov, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Umida Marasulova va ishchi guruh mas’ullari ishtirok etdilar.
Unda Farg‘ona viloyat shtabi rahbari A.Solihov tomonidan “Ayollar daftari” tizimining 4-bosqichini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi, har bir ayolni muammosini o‘rganish, ularning murojaatlariga ko‘ra, har bir muammoni asoslantirilgan holda ro‘yxatni shakllantirish choralarini ko‘rish, shuningdek xotin-qizlarga “Ayollar daftari” tizimini mazmun-mohiyati haqida muntazam ravishda tushuntirishlar berib borish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.Shundan so‘ng, Toshloq tumani hokimi, “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha tuman shtabi rahbari A.Djurabayev ishsiz fuqarolar bilan bir navbatda “Ayollar daftari”ga kiritilishi mumkin bo‘lgan ishsiz ayollarga yo‘nalishlaridan kelib chiqib ish o‘rinlari yaratib berish choralarini ko‘rishini ma’lum qildi. Shuningdek, har bir toifa bo‘yicha kiritilishi zarur bo‘lgan ayollarni hujjatlari bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan nazorat olib borayotganligini bildirdi.