Toshloq tumanida tashabbuskor tadbirkor tomonidan ko‘p qavatli uylar va binolar qurilishida foydalaniladigan "Sendvich panelari"ni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Mazkur mahsulotlardan qurilgan binolar kuchli yer silkinishlari (zilzila)ga chidamli tarzda bo‘lishiga katta ahamiyat bergan holda ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Xozirda loyihani amalga oshirish bo‘yicha Germaniyadagi "Retan GmBh" bilan muzokaralar olib borilmoqda.