MAKTABLARDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH CHORALARI KO‘RILMOQDA
×
2023-02-16 16:12:03 386
PDF yuklash
Chop etish
Bugun Toshloq tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida jinoyatchilik va nohush xolatlarni oldini olish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Seminarda Farg‘ona viloyati “Grand Medikal Servis” neyropsixologik markazi rahbari, psixologiya fanlari nomzodi, dosent Mustafayeva Shirinoy Farxadovna ishtirok etdi. Sh.Mustafoyeva o‘z tavsiyalarida yoshlar bilan yosh davrlar psixologiyasiga qarab munosabat o‘rnatishni va yoshiga qarab ishlash, oilalarni toifalarga bo‘lib ishlash yaxshi samara berishini aytib o‘tdi. Asosan, o‘quvchilarni ota-onalari va oiladagi muhitdan kelib chiqib ishlashni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilsa o‘quvchilardagi agressiv va ehtirosli holatlarni oldi olinishi mumkinligini aytib o‘tdilar. Aqliy mashqlar bilan jismoniy mashqlarni muntazam almashinishi ham yaxshi natija berishi yuzasidan kerakli tavsiyalar berib o‘tdi.Seminar davomida Toshloq tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Madaminov, tuman prokurori o‘rinbosari X.Qurbonov hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri A.Soliyevlar so‘zga chiqishib, mavzu yuzasidan fikr mulohazalarini bildirdilar.