Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


2023 YILDA TOSHLOQ TUMANI SANOATI YANADA O‘SISHI KUTILMOQDA

×

 2023-02-22 09:46:42    308

PDF yuklash
Chop etish


O‘tgan qisqa vaqt ichida, aniqrog‘i so‘nggi ikki yilda Toshloq tumani viloyatning yirik sanoat markazlaridan biriga aylandi. Asosiy sabab tadbirkorlikdagi keskin yuksalish bo‘ldi.

   Hozir Toshloqda 7 ta sanoat zonasi bo‘lib, ularga qiymati 4,4 trillion so‘mga teng 76 ta sanoat korxonalari joylashtirildi. – Birgina sanoat ishlab chiqarish hajmi 2022 yilda 3 trillion 172 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu 2021 yilga nisbatan 110 foiz demakdir, – deydi tuman hokimining o‘rinbosari Otabek Ahmedov.

– 2023 yilda esa uni 4 trillion 300 milliard so‘mga olib chiqishni rejalashtirganmiz. Bu qariyb 123 foiz o‘sish degani. O‘tgan yilning o‘zida tumanda yangi tashkil etilgan korxonalar hisobidan 3 ming 400 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shulardan biri "Yangi yo‘l" qishlog‘idagi “SMSHD TEX” tikuvchilik korxonasidir. 9,4 milliard so‘m va 300 ming dollar kredit evaziga tugal, zamonaviy ishlab chiqarish paydo bo‘ldi.  Trikotaj mahsulotlari bozoriga kirish murakkab jarayon. Bunda avvalo sifat ko‘rsatkichi birlamchi o‘rinda turadi. Sifat esa zamonaviy dastgohlarga ham bog‘liq. Matoni bichishdan tortib xaridorga jo‘natguncha 7 bor nazoratchi qo‘liga tushar ekan.  Texnik jihozning o‘zi ham sifat masalasini hal qilolmaydi. Endi malakali mohir qo‘llar kerak. Tadbirkor atrof mahalla, qishloqlardan ayollarni ishga qabul qilib ularni o‘qitdi, turdosh korxonalarda malakasini oshirdi. Bejirim tikilgan, choki nozik, tanaga yarashuvchi mahsulotlarni Toshloqning qishloq qiz-ayollari tikmoqda. Ulardan biri Malohatxon Ho‘janazarova.  –Bizning qishloqda shunaqa korxonalar yo‘qligi uchun Farg‘onaga borib 25 yil ishladim. Oilamizdan kelinim, jiyanlarim, shu korxonada ishlaymiz, – deydi u. – Oyliklari yaxshi, transport bilan ta’minlangan, bepul tushlik beriladi.  

    Bu, Toshloq tumanidagi to‘qimachilik-trikotaj korxonalarining biri xolos. Ammo u ham tumandagi eksportchilar ro‘yxatining dastlabki o‘nligidan joy olgan.  – Mahsulotimiz 100 foiz eksportga yo‘naltirilgan. Masalan, o‘tgan yili 520 ming dollarlik eksport qilganmiz, – deydi korxona ish yurituvchisi Zokirjon Rayimov. – Bu yil eksport hajmini ikki barobarga oshirmoqchimiz.  – 500 ta ish o‘rni bor. Hozirda 200 ga yaqin xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan, – deydi Zokirjon Rayimov.  2023 yilda Toshloq tumani sanoati yanada o‘sishi kutilmoqda.  –56 ta loyiha shakllantirganmiz. Qariyb 7000 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi. Tumanda sanoat yo‘nalishida 2022 yil 75 million dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lsa, 2023 yilga 199 million dollar o‘zlashtirish rejalashtirilgan, – deydi hokim o‘rinbosari Otabek Ahmedov. –2022 yilda 89 million dollarlik sanoat mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2023 yilda 133 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.