“VARZAK” MFYDAGI ICHKI YO‘LLAR ASFALTLASHGA TAYYORLANMOQDA
×
2023-02-22 16:05:58 290
PDF yuklash
Chop etish
Avval xabar berganimizdek, Toshloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan qishloqlardagi ichki yo‘llar asfaltlashga tayyorlanmoqda. Qarorga ko‘ra, tumandagi "Varzak" MFY hududidagi 6 ta ko‘chani ya’ni 6,2 km.lik ichki yo‘llarni asfalt qilish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘llarni ta’mirlash ishlari uchun davlat byujetidan 2 milliard 127 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni kunlarda yo‘llarni ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish uchun shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda. Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan zamonaviy texnikalar jalb etilgan.