Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“AMIRA TEXTILE”: MAHSULOT HAJMINI 2023 YILDA 210 MILLIARD SO‘MGA YeTKAZISH REJALASHTIRILGAN

×

 2023-02-23 18:02:52    315

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanining Besholish dahasi adirlardan iborat. 2020 yilda bu yerda “Kelajak” sanoat zonasi tashkil etildi. Uning loyihalari qatorida tadbirkor Sherzod Botirov muassisligidagi “Amira Textile” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ham bo‘lgan. 2022 yilda u qurib bitkazildi. Xorijdan samarador dastgohlar keltirilib, ishga tushirildi.Lekin to‘quv darstgohlari avvalgilariga o‘xshamas edi. U kompyuterga yuklangan dasturga ko‘ra ikki, uch qat to‘qiy olar, bu esa iste’moldagi turfa hil ust-bosh, sport va oyoq kiyimlari matolarini, hatto mebel qoplamalarini ham to‘qiy olardi. Tadbirkor to‘quv syexi bilan chegaralanmadi.Ayni chog‘da tikuvchilikni ham yo‘lga qo‘ydi. Natijada tayyor mahsulot turlari kun sayin ortib bordi. Sekin-asta dastlab Qo‘qon, keyin Toshkent, endi qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistondagi yirik ulgurji bozorlaridagi savdo shirkatlari Toshloqqa, “Amira Textile”ga kela boshladilar.–Korxonamizning o‘ziga xosligi shundaki, biz O‘zbekiston bozorlariga kelayotgan import trikotaj mahsulotlarini qisqartirib, o‘rnini egallashga harakat qilamiz. Buning uchun biz keng assortimentli mahsulotlarni ishlab chiqarib, bozorga taqdim etyapmiz, – deydi ijrochi direktor Alisher Qo‘chqorov.Bu maqsadga erishilayotganini uning iqtisodiy natijalaridan ham ko‘rish mumkin. Bu yerda yaratilgan ish o‘rni va mutaxassislar bilan mahsulot hajmini 2023 yilda 210 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.–O‘tgan yilgi qisqa ishlash vaqtida Rossiyaga 300 ming dollarlik eksportni amalga oshirdik, – deydi Alisher Qo‘chqorov. – Yil boshida 1 million dollarlik shartnomaga erishdik. Biz 2023 yilda uni 5 million dollarga yetkazamiz.
“Ichki bozorda importni kamaytirish, tashqi bozorda eksportni ko‘paytirish!”. Bu “Amira Textile” shioridir.Bu yerda yana bir o‘ziga xoslikni uchratasiz. Yigit-qizlar, mutaxassislar chet ellarga borib ishlayotgan holatlar ko‘p uchraydi. Toshloqdagi sanoat korxonalariga esa horijdan kelib ishlashmoqda.–Men Turkiyaning Gaziantep shahridanman, – deydi loyihachi Usmon Po‘lat. – “Amira Textile” korxonasida Yevropa talablari asosida ilg‘or texnologiyalar asosida ish tashkil etilgani va asosiysi, mahsulot sifatli bo‘lgani uchun ham O‘zbekistonga, Toshloq tumaniga kelib ishlayapman.Umuman, bugun tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan katta va kichik sanoat korxonalari 526 tani tashkil etadi. 2023 yilda esa ular qatoriga yana 56 ta qo‘shilmoqda.