Toshloq tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi PQ-5168-son qaroriga 4-ilova yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizomga asosan tuman irrigasiya bo‘limi bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida suv ist’yemoli to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.O‘rganish natijasida tumandagi to‘rt nafar fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan 2022 yilning ikkinchi hamda uchinchi choragi uchun suv ist’yemoli yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar yuzasidan ist’yemolchi oy oxiriga qadar xisob-kitob ishlarini amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan. Biroq ist’yemolchi tomonidan mazkur shartnoma shartlari majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasdan kelgan.Mazkur to‘rt nafar fermer xo‘jaliklariga tuzilgan shartomalarga asosan qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan belgilangan tartibda talabnomalar yuborilgan bo‘lsada, ushbu talabnomalar oqibatsiz qoldirilgan. Tuman irrigasiya bo‘limi manfaatini ko‘zlab to‘rt nafar fermer xo‘jaliklaridan jami 7 129 000 so‘m qarzdorlikni undirish yuzasidan Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi. Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan joriy yilning 23-mart kuni mazkur da’vo arizalar yuzasidan soddalashtirilgan tartibda iqtisodiy sud ishi ko‘rib chiqilib, tuman irrigasiya bo‘limi foydasiga qarzdorlikni undirish yuzasidan hal qiluv qarorlari qabul qilinib, qarzdorlik undirib berildi.
Toshloq tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Jahongir Nazarov.