Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QISHLOQ AHOLISINI ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
2023-03-27 16:41:24 219
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga ko‘ra Toshloq tumanida qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida bir qator izchil islohotlar olib borilmoqda. Joriy yilda qarorga asosan, mazkur sohaga jalb qilinayotgan qurilish-montaj ishlarining hajmi bir necha barobar oshdi.
Ayni kunlarda tumandagi “Soybo‘yi” MFYda 14 km uzunlikda toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu qishloqda 700 ga yaqin xonadonlar toza ichimlik suvi tarmog‘i bilan ta’minlanadi.
Qarorga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlariga 3 milliard 860 million so‘m mablag‘ ajratilgan.