Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“XALQ KONSTITUSIYASI BILAN XALQCHIL DAVLAT SARI!” SHIORI OSTIDAGI MA’NAVIYAT FESTIVALI DAVOM ETMOQDA
2023-04-01 14:56:33 237
Bugun Toshloq tumanida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostidagi Ma’naviyat festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumida bo‘lib o‘tgan tadbirda poytaxtimizdan kelgan taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar hamda "Ma’rifat" targ‘ibotchilari aholi vakillari hamda ko‘plab yoshlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda ishtirokchilarga yangilanayotgan Konstitusiyaning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. "Ma’rifat" targ‘ibotchilari yangi tahrirdagi Konstitusiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitusiyasi bo‘layotganidan dalolat berishini ta’kidlab, barchani 30 apreldagi referendumda faol ishtirok etishlarini qayd etdilar.
Tumanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar davom etmoqda.