Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“AMIRA TEXTILE” KORXONASIDA MA’NAVIYAT FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-04-01 16:32:42    309

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumanimizga tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilari “Amira Textile” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaning ko‘p sonli ishchi-xodimlari bilan uchrashdilar.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostidagi Ma’naviyat festivali doirasida shoir va yozuvchilar, san’atkorlar korxona ishchi-xodimlariga yangilanayotgan Konstitusiyaning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdilar.
"Ma’rifat" targ‘ibotchilari pedagogika fanlari doktorlari Zuhra Ismoilova hamda Musallam Abdujabborovalar yangilanayotgan Konstitusiya jamiyatimizning milliy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashdagi istiqbolli qadam ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.  
Tadbirda san’atkor Rasuljon Qodirxonov tomonidan yangragan diltortar qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.