Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“XAMRAK” MFYDA ASFALTLASH ISHLARI BOSHLANDI
2023-04-04 15:53:36 243
Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida yurtimizning eng chekka va olis hududlarida ham ijobiy o‘zgarishlar ketmoqda.
Qaror ijrosi doirasidagi bunyodkorlik ishlari “Xamrak” mahalla fuqarolar yig‘inida ham amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga qulaylik yaratish maqsadida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida 3,9 milliard so‘m mablag‘ hisobiga mahalla hududidagi 7,8 km masofadagi ko‘chalar asfaltlanishi rejalashtirilgan.