Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
7 APREL — “XALQARO SALOMATLIK” KUNI MUNOSABATI BILAN TOSHLOQ TUMANIDA “SALOMATLIK SAYLLARI” BO‘LIB O‘TDI
2023-04-07 13:52:13 254
Sana munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Salomatlik sayllari” bugun Toshloq tumanida ham o‘tkazildi.
Aksiya doirasida tuman Markaziy o‘yingohida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda tibbiyot xodimlari aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.
Tekshiruvlar davomida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha aholiga zaruriy maslahat va tavsiyalar berildi. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, fuqarolarga o‘zlari yashash joylaridagi oilaviy poliklinikalaridan 120 xil turdagi dori-darmonlar bepul olishlari tavsiya etildi.
Kun davomida malakali shifokorlar tomonidan sog‘lom turmush targ‘iboti va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholining tibbiy madaniyatini oshirish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.