Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI MUROJAATLARI O‘Z YeCHIMINI TOPMOQDA
2023-04-11 15:00:45 262
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabulida ko‘plab murojaatlar o‘z yechimini topdi.
Murojaatchilar tomonidan asosan, moddiy yordam olish, tibbiy xizmat, ishga joylashish, kredit olish, yer munosabatlari va boshqa masalalar bilan bog‘liq bildirilgan bir qancha masalalar tuman hokimi tomonidan tinglanib, murojaatlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Qabul davomida 40 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. 20 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 5 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 5 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.