Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QISHLOQLARGA SUV KELTIRILIB, KO‘P YILLIK MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA
2023-04-14 15:37:35 275
Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilingan «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshloq tumani hududlarida ichimlik va oqova suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda “Qipchoqariq” MFYda 8 km toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda 2 ta suv inshootini qurish ishlari olib borilmoqda.
Qarorga ko‘ra, qurilish ishlariga 4 milliard 350 million so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Ushbu ishlar yakunlanishi bilan mahalladagi 660 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.