Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XONADONDA BOQILAYOTGAN NOYOB QUSHLAR OILA DAROMADINI YAXSHILASH UCHUN XIZMAT QILMOQDA
2023-04-20 09:49:33 255
Toshloq tumanida joylashgan “Suvboshi” MFYda istiqomat qiluvchi Sanobarxon Valiyeva xonadonida noyob qushlar boqilayotganiga unchalik ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ammo o‘tgan qisqa vaqt mobaynida xonadon bekasi qushlarga o‘zgacha mehr berib kelmoqda.
Sanobarxon Valiyeva 2022 yili “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u oilaning doimiy daromad manbaini yaxshilash uchun qush boqishni tanladi. Shu tariqa unga mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 18 million so‘m miqdorida bank krediti ajratib berildi. Dastlab 15 juft qush boqish bilan o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan xonadon sohibasi bugungi kunda 50 juftga yaqin qushlarni parvarishlamoqda.
“Suvboshi” MFYning xotin-kizlar faoli Feruza Ahmadaliyevaning qayd etishicha, 2022 yili mahalladagi 1875 nafar ayollar xatlovdan o‘tkazildi. Natijada 84 nafar xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ning uchinchi bosqichi doirasida ishlar olib borilmoqda.
Ayni jarayonda ishlash istagida bo‘lgan 10 nafar ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari, pishiriq tayyorlashga mo‘ljallangan jihozlar berildi va bandligi ta’minlandi. Uch nafar ayollarga imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Umuman olganda, 2022 yili mahalladagi xotin-qizlar uchun 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
Bu yilgi xatlovdan keyin 141 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning to‘rtinchi bosqichi ruyxatiga olindi. Shu kunlarda 85 nafar oila bekalariga subsidiya ajratish, imtiyozli kredit olishga ko‘maklashish, kredit asosida mehnat qurollari berish, o‘zini o‘zi band qilish hamda kasb-hunarga o‘qitish borasida amaliy sa’y-harakatlarga kirishildi.