Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAHALLANING ICHKI YO‘LLARI RAVON BO‘LDI

×

 2023-04-26 09:40:12    235

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Toshloq tuman aholisining toza ichimlik suv, ichki yo‘l va elektr energiya ta’minotini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning o‘zida tumandagi 41 ta mahalla fuqarolar yig‘inida umumiy qiymati 112 milliard 576 million so‘m bo‘lgan zamonaviy infratuzilma tarmoqlari qurish va obodonchilik ishlari amalga oshiriladi. Dastlabki chorakda14 ta mahallada suv tarmoqlari tortish, 12 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki yo‘llarni asfaltlash va 1 ta mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar boshlangan. 
Qarorga ko‘ra, “Besarang” MFYda ham asfaltlash ishlari olib borildi. Ichki ko‘chalarning 1,5 km masofasi ta’mirlandi. Yo‘l qurilishiga 750 million so‘m mablag‘ ajratildi. 
Sirasini aytganda, aholi kundalik hayot tarzi, ish amallari uchun muhim bo‘lgan infratuzilma tarmoqlari qurish, ish sifatini tubdan yaxshilash, qo‘shimcha qulaylik va imkoniyatlaryaratib berish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan istiqbolli loyihalar aholi og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish imkoniyatini bermoqda.