Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: HECh BIR MUROJAAT E’TIBORSIZ QOLMAYDI
2023-04-26 15:06:28 218
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 30 nafar fuqaro uy-joy ta’miri, yo‘l, ish bilan ta’minlanish, tibbiy-ijtimoiy yordam va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 5 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilanib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 5 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.