Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HOKIM YORDAMCHISI KO‘MAGI BILAN AHOLI BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

×

 2023-06-15 17:37:09    388

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan “kambag‘allik” ishlash tizimi doirasida aholi bandligini ta’minlash, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularni tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Hususan, “Jarqishloq” MFYda hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. 
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida 2022 yilda jami 423 mln so‘mlik kreditlar ajratilgan. Kreditlar asosan chorvachilik va parandachilik,  issiqxona qurish, tikuvchilik faoliyatini yo‘lgan qo‘yishga yo‘naltirildi.
“Jarqishloq” mahallasida yashovchi Avazbek Abduraximov “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, unga hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 18 million so‘mlik mablag‘ imtiyozli kredit ajratildi. Avazbek ushbu mablag‘larga o‘z xonadonida 2 sotixlik  issiqxona barpo etdi. Tajribali dehqonlar bilan maslahatlashib, pomidor, bodiring hamda bulg‘or qalampirini yetishtirishni o‘rgandi. Endilikda ushbu fuqaro o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, mo‘may daromad topmoqda.