Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUGUN TOSHLOQDA “SOGʻLOM OILA – SOGʻLOM JAMIYAT” TAMOYILI ASOSIDA TO‘GʻRI OVQATLANISH HAMDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHGA BAGʻISHLANGAN BIR QATOR TADBIRLAR O‘TKAZILDI
2023-06-21 15:29:36 233
Unda tuman hokimligi, xotin-qizlar faollari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari qatnashdilar.
Dastlab, tuman markaziy o‘yingohida tadbir ishtirokchilari «Sog‘lom hayot sari 5000 qadam» shiori ostida yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.
Seminar ishtirokchilariga tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Umida Marasulova sog‘lom ovqatlanish, gigiyena talablari hamda badantarbiya mashqlariga aholi o‘rtasida, ayniqsa ta’lim muassasalarida e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, “Xotinqumi” MFY hududidagi 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 8-umumta’lim maktabida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati doirasida qilingan ishlar ko‘zdan kechirildi. Seminar ishtirokchilari bog‘chadagi bolajonlar ishtirokidagi "Sog‘lomjonlar" to‘garagi faoliyati bilan tanishdi. Bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi sport mashg‘ulotlari namoyish etildi.
Seminarda “Xotinqumi” MFYda tashkil etilgan “Salomatlik maktabi" faoliyati ko‘rib chiqildi. Oila hamshiralari va mahalla faol ayolining ish faoliyati yaqindan tanishildi, zarur maslahatlar berildi.