Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“QIZIL" TOIFADAGI YOSHLAR XOLIDAN XABAR OLINMOQDA
2023-06-27 11:24:06 587
Toshloq tumanida yoshlar muammolarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan xatlovda mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlarning yashash sharoitiga ko‘ra toifalarga ajratgan edi.
Hozirda yoshlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish uchun toifalarga kiritilgan yoshlar tumandagi mas’ul rahbarlarga biriktirildi. Ular tomonidan yoshlarning doim ravishda xolidan xabar olinib, muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Kuni-kecha “Qipchoqariq” MFYda qiyin sharoitda yashayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan yoshlar holidan xabar olindi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Abdumajid Soliyev, mahalla raisi Erkinjon Usmonovlar “Qizil toifaga” kiritilgan Muhammadsaid Samidov hamda Axadjon Aliyevlarga kampyuter jamlanmalarini topshirdilar.