Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: AHOLI MANFAATLARI DOIM E’TIBORDA
2023-07-04 16:18:05 251
Haftaning har seshanba kuni Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev tomonidan tumanimizdagi Xalq qabulxonasida o‘tkazib kelayotgan fuqarolar qabulida ham har bir murojaatga diqqat bilan e’tibor qaratib kelinmoqda.
Qabullarda tuman aholisi o‘z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, ularni qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishmoqda.
Bugun tashkil etilgan qabulda ham 30 nafar fuqarolar o‘z murojaatlari bilan yuzlanishdi. Fuqarolar tomonidan asosan, moddiy yordam olish, yer munosabatlari bilan bog‘liq bildirilgan bir qancha masalalar tuman hokimi tomonidan diqqat bilan tinglandi. Qabulda ishtirok etayotgan tegishli tashkilot va muassasalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi.