Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AYLANMAJAR” MFYDA AHOLI BANDLIGIGA HOKIM YORDAMCHISI KO‘MAKLASHMOQDA
2023-07-10 16:51:33 259
Mamlakatimizda hududlarni rivojlantirish, aholi bandligi va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida mahallalarning o‘ziga xos o‘sish nuqtalari – drayverlar belgilangan. Toshloq tumani “Aylanmajar” MFYning o‘sish nuqtasi-drayveri asosan dehqonchilik bo‘lib, hozirda 80 foiz aholi issiqxonalardan foydalanib daromad topmoqda.
Mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi bo‘lib faoliyat olib borayotgan Muhammadjon Xonqulov o‘tgan qisqa fursatda issiqxona qurish uchun 34 ta oilaga imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashdi. Shuningdek, uning yordamida mahalladagi yana 28 ta oilaga dehqonchilik qilish uchun uzoq muddatga ijaraga yer berildi.
Ajratilgan imtiyozli kreditlar evaziga aholi o‘z tomorqalarida issiqxonalar barpo etmoqda. Ular yil davomida hosil olib, ro‘zg‘ori to‘kin-sochinligini ta’minlamoqda.