Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA 1200 DAN ORTIQ ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANDI
2023-07-13 08:54:46 298
Toshloq tumanining “Qipchoqariq”, “Varzak”, “O‘zbekiston”, “Arabmozor” hamda “Ahshakguzar” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kVli “Dehqonobod” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Varzak” elektr uzatish tarmog‘i belgilangan rejaga asosan mukammal ta’mirlanmoqda.
Mutaxassislar tomonidan uzatmaning salqi simlarini tortish hamda nosoz qismini yangilash, nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, tayanchlarni tik holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Bu kabi olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida uzatma orqali sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishiga va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar oldi olinishiga xizmat qiladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan uzatma orqali elektr energiya bilan ta’minlanadigan 1200 dan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.