Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“SPORT - SALOMATLIK GAROVI!” SHIORI OSTIDA YURISH MARAFONI O‘TKAZILDI.
2023-07-15 10:15:07 300
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ommalashtirish hamda uni umummilliy harakatga aylantirish fuqarolar salomatligini mustahkamlash, yosh avlodning barkamol voyaga yetishida muhim omil hisoblanadi.
Bugun Toshloq tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan xotin-qizlar ishtirokida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tuman markaziy o‘yingohida belgilangan masofani piyoda bosib o‘tdilar.
Yakunda, mutaxassislar erta tongda piyoda yurishning sog‘lom hayot kechirishdagi o‘rni, salomatlikni tiklashdagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilindi.