Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YIGʻILISHDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI MUHOKAMA QILINDI

×

 2023-07-18 10:47:31    298

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda keyingi yillarda tibbiyot sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligi yanada oshmoqda. Bu borada Toshloq tumanida ham aholi salomatligi yo‘lida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.  
Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda dastlab tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Akmaljon Shermatovning  "2023 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar, ularning yechimlari" hamda "2023 yilning 2-yarim yilligidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha" hisoboti tinglandi. 
Shundan so‘ng, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha o‘rinbosari A.Yusupov so‘zga chiqib, tibbiy brigadalar faoliyatini kuchaytirishga hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish davomida onalik va bolalikni muhofaza qilish yuzasidan tug‘ish yoshidagi ayollar, homilador ayollar, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, "Umummilliy harakat" bo‘yicha aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, sport bilan doimiy shug‘ullanishni targ‘ib qilishga oid tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish masalalari muhokama qilindi.