Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloq MFYda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan Gʻanisher Muhammadalisherov 33 million so‘m imtiyozli kredit olish evaziga yostiq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
2023-07-19 16:33:38 290
Mahalladagi ishsiz ayollarning 6 nafarini ish bilan band qilgan tadbirkor bugungi kunda 20 turdagi yostiqlarni ishlab chiqarib ichki bozorga sotishni yo‘lga qo‘ygan.
-Oldimizga yana yangi maqsadlarni qo‘yganmiz. Mahsulotlarimizga talab tobora oshib boryapti. Yostiq ishlab chiqarish bilan cheklanib qolmay dasturxon va boshqa turdagi mahsulotlarni tikib yo‘nalishimizni kengaytirmoqchimiz,- deydi tadbirkor suhbat chog‘ida.