Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHILARIDAN XALQ MINNATDOR
2023-08-03 16:38:12 369
Toshloq tumanida bugungi kunda 51 nafar hokim yordamchilari faoliyat olib bormoqda. Darhaqiqat, mazkur lavozim joriy etilganidan so‘ng aholini qiynab kelayotgan ko‘plab muammolar o‘z yechimini topa boshladi. Buni tumandagi hokim yordamchilarining faoliyatlari misolida ham ko‘rish mumkin.
–Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, hokim yordamchilari, bu – Prezidentning mahallalardagi vakili bo‘lib, ular har kuni aholi bilan ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, qolaversa, tadbirkorlik va dehqonchilikka o‘rgatish orqali kambag‘allikdan chiqishiga xizmat qiluvchi insondir, – deydi “Qanjirg‘a” MFY hokim yordamchisi Sardorbek Erkinjonov.
“Qanjirg‘a” MFYda xatlov jarayonida 185 nafar ishsiz fuqarolar aniqlandi. Joriy yilning so‘nggi 6 oyi ichida, 15 nafar fuqaroga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida 331 million so‘m kredit olishga amaliy yordam ko‘rsatildi.
8 nafar ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinasi hamda bir nafar fuqaroga inkubasiya dastgohi olib berildi.