Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR NATIJASIDA FAOLIYATIMIZ YANADA KENGAYMOQDA

×

 2023-08-08 16:43:41    351

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash,  ularga yetarli sharoitlarni yaratib berish, xususan imtiyozli kreditlar ajratish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bugungi kunda o‘zining tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, ishchi o‘rni yaratib, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirib borayotgan ishbilarmonlar safi ortmoqda.  
Yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar samarasi o‘laroq Toshloq tumanida ham tadbirkorlar safi yildan yilga kengaymoqda. Furqat mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Shukrullo Valijonov xonadonida besh nafar ishchi bilan ayollar poyafzali ishlab chiqarishni boshlagan edi. Bugungi kunda bo‘sh turgan uch qavatli binoni ijaraga olib faoliyatini kengaytirgan tadbirkor qo‘shimcha 40 ta ish o‘rni yaratdi. Bu yerda kuniga mavsumga qarab 2500 juft poyafzal ishlab chiqarilmoqda. 
Tadbirkor Sh. Valijonov o‘zining "Visol" brendi ostida ishlab chiqarayotgan 10 turdagi ayollar poyafzallarini respublikamizning ichki bozorlariga yetkazib bermoqda. Bundan tashqari bu brend ostidagi mahsulotlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlariga ham yetib bormoqda. -Faoliyatimizni kengaytirish jarayonida 200 milliondan ortiq mablag‘ evaziga ishlab chiqarish texnikalarini olib kelib o‘rnatdik, - deydi ish boshqaruvchi Baxtiyorjon Axmedov. - Poyafzallarni asosan Turkiyadan, Xitoydan keltirilgan materiallardan foydalanib ishlab chiqarmoqdamiz. Kelajakdagi rejalarimiz katta. Ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish hisobiga yana ko‘plab ishchi o‘rni yaratishni maqsad qilganmiz.
Sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan birga ishchilarga ham qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ularga yaxshi maosh, bepul tushliklar tashkillanganligi ishchilarning o‘z ishidan mamnunlik hissini oshishiga xizmat qilmoqda.