Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Hokim qabuli: HAR BIR MUROJAAT - E’TIBORDA
2023-08-15 17:48:37 376
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rdi. Ayrim murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Qabul davomida 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 1 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilanib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 9 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.