Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA ASALARICHILIK RIVOJLANMOQDA
2023-08-24 08:53:45 366
Asalari bejizga yetti xazinaning biri, deb hisoblanmaydi. Haqiqatan ham bu hasharotning foydasi juda katta.
Keyingi yillarda Toshloq tumanida asalarichilik foaliyatini yanada rivojlantarish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi orasida targ‘ibot tushuntirish ishlarining kuchaytirilgani, tajribali asalarichilar faoliyati va ish tajribasi ommalashtirilayotgani natijasida mahallalarda asalari boquvchilar soni ortib bormoqda.
Tumandagi “Besarang” mahallasida yashovchi Alimardon Boyzoqov 7 yildan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanib keladi. U asalarichilikka qiziqishi tufayli dastlab ikki oila asalari parvarishi bilan boshlagan bo‘lsa, bugunga kelib, asalari oilasi 100 taga yetdi. Har mavsumda o‘rtacha 300 - 400 kilogrammgacha asal oladi. Oilaviy ehtiyojlardan ortgani esa, albatta ro‘zg‘or uchun qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi.
Besarang mahallasida asalarichilik rivojlanmoqda. Mirishkor asalarichi Jamoliddin Mirzamatovning sӯzlariga kӯra, ayni paytda xonadonida 150 dona asalari oilasi mavjud. -“Har yili 500 kilogrammgacha asal olaman. Daromadimiz yaxshi”, – deydi J. Mirzamatov.- Har bir xonadonda kamida ikki qutidan asalari boqishni tavsiya qilaman. Sababi oila a’zolarining salomatligi uchun koni foyda bo‘lishi barobarida tabiatni asrashga ham beqiyos hissasi bor.
Barchaga ma’lum, asalari o‘simlik va daraxtlarni changlantirishda muhim vositachi hisoblanadi.