Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: AHOLI MANFAATLARI DOIMIY E’TIBORDA
2023-08-29 11:44:07 362
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish — bugunning dolzarb vazifalaridan biri.
Qabul davomida tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Bugun 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 8 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 2 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilanib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.