Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA “XAVFSIZ MAHALLA-XAVFSIZ XONADON” TEZKOR-PROFILAKTIK TADBIRLAR BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2023-09-08 13:31:31    220

PDF yuklash
Chop etish


Ayni damda Toshloq tumani hududida Jamoat tartibini saqlash, tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Xavfsiz mahalla – xavfsiz xonadon” maxsus-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tumandagi Xo‘jaariq MFYda “Xavfsiz mahalla-xavfsiz xonadon” maxsus-profilaktik tadbirda ichki ishlar xodimlari, mahalla beshligi, kommunal soha vakillari hamda mahalla faollari qatnashdilar.  Tadbirda tuman prokurori Shuhratjon Musayev hamda tuman IIB boshlig‘i Farhodjon Bektoshevlar so‘z olib, sohaviy xizmatlar tomonidan “ob’yektbay” va “xonadonbay” ishlash, "qizil” toifadagi mahallalarda tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda aniq va rejali chora-tadbirlar bajarilishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari mahalla hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash maqsadida xonadonma xonadon yurib fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazdilar. Tadbir davomida ishsizlar ham aniqlanib, mahallada tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi”ga jalb etildi. Bundan tashqari hududdagi maktablarda davomad tadbirlari o‘tkazildi.
"Xavfsiz mahalla – xavfsiz xonadon” maxsus-profilaktik tadbirlar tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tadi. Ayniqsa, “qizil” toifadagi mahallalarga joyiga chiqqan holda kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib, o‘rganish natijasiga ko‘ra aniq maqsadli chora-tadbirlar belgilanadi.