Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-09-12 17:36:31    231

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. 
Qabulda asosan oilaviy masalalar, ishga joylashish, imtiyozli kredit ajratish, subsidiya asosida uy-joy bilan ta’minlash, davolanishi uchun moddiy yordam ajratish, bir martalik moddiy yordam tayinlash, yashab turgan xonadonini ta’mirlab berish, kadastr, sud-huquq masalalari bilan bog‘liq muammolar va yana bir nechta turdagi masalalar yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Hokim qabulida 30 ga yaqin murojaatlar tinglanib, shu joyning o‘zida mutasaddilar bilan birgalikda 15 ta murojaat ijobiy hal qilindi. Har bir fuqaro bilan suhbat davomida ularga muammosiga bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkilot rahbarlari biriktirilib va hal etish choralari ko‘rildi. 
Bundan tashqari kredit ajratish, moddiy yordam tayinlash va ishga joylashish singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi.