Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“MEZON” TAJRIBASI: TOSHLOQ TUMANIDA PAXTADAN YUQORI HOSIL OLISHGA BAGʻISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-09-16 17:46:10    308

PDF yuklash
Chop etish


Tumandagi “Xonariq Saxovati” MMTP hududidagi “Hurshidbek ziyo” fermer xo‘jaligida bir gektarga 240-250 ming dona ko‘chat qoldirib, “Mezon” usilida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.
Seminarda fermer ho‘jaligi rahbari Xurshidbek 8 gektar maydonda 250 ming dona ko‘chat qoldirib, paxta yetishtirilganligi va maydondan o‘rtacha 60 syentner hosil kutayotganligini aytib, tumandagi fermerlarga tajriba ulushdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Mezon” usulida ko‘chat sonini ko‘paytirish bilan birga dala maydonlarida olinadigan hosil ikki hissa ortadi. Birinchidan yagona qilinmaydi, bir gektarda ikki gektarni hosili yetishtiriladi. Bir terimda hosil yig‘ishtiriladi. Ikkinchi terimga hojat qolmaydi. 
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov, viloyat nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Xolmatjon Komilov, Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda Quva tumani hokimi Halimjon Umarovlar so‘zga chiqib, Farg‘ona viloyati hokimi topshirig‘iga asosan “Mezon” fermer xo‘jaligining paxtadan yuqori hosil olish tajribasi butun viloyat bo‘ylab o‘rganilayotganligi, xo‘jalikning har gektar maydonda 240-250 ming ko‘chat qoldirib, hosildorlikni 60 syentnerga yetkazish tajribasi ommalashib borayotganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Seminar yakunida fermer xo‘jaliklarining dala chetlaridagi yer maydonlarini to‘la o‘zlashtirish, bir qarich yerni ham bo‘sh qoldirmasdan sabzavot va poliz ekinlari, daraxtlar ekish, zovur va suv bo‘ylarida parranda boqish hamda asalari uyalari joylashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Seminar ishtirokchilari “Hurshidbek ziyo” fermer xo‘jaligidagi paxta dalalaridagi yangi usuldagi hosildorliklarni ko‘zdan kechirdilar.