Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“TASHABBUSLI BYUDJET”: 2-MAVSUM BO‘YICHA TOSHLOQ TUMANIDAGI GʻOLIBLAR

×

 2023-09-18 16:41:58    217

PDF yuklash
Chop etish


2023 yilgi “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsumida Toshloq tumanida umumiy qiymati 6 milliard 80 million so‘m bo‘lgan 5 ta tashabbus g‘olib bo‘ldi.
Joriy yilning 27 avgustidan 16 sentyabrga qadar davom etgan jarayonda tumanimizda jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan takliflarning 82 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu takliflarga jami 53 ming 567 ta ovozlar to‘plandi.
Xususan, Bo‘ston MFYning Bo‘ston ko‘chasida 3 km ichki yo‘llarni asfaltlash uchun ajratilgan mablag‘ 1 milliard 320 million so‘m bo‘lib, to‘plangan jami ovozlar soni 5 084 tani tashkil etdi.
Qumariq MFYning Xojiota ko‘chasida joylashgan mahalla guzarini qayta qurish uchun ajratilgan mablag‘ 800 million so‘m bo‘lib, to‘plangan jami ovozlar soni 4 003 ta.
Tumandagi 41-sonli umumta’lim maktabini mukammal ta’mirlash hamda 20 kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellari uchun ajratilgan  mablag‘ 1 milliard 320 million so‘m bo‘lib, to‘plangan jami ovozlar soni 3 815 ta.
4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini joriy ta’mirlash va 5  kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish uchun ajratilgan mablag‘ 1 milliard 320 mln so‘m bo‘lib, to‘plangan jami ovozlar soni 3 814 ta.
7-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qo‘shimcha bino qurish hamda 5 kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish uchun ajratilgan mablag‘ 1 milliard 320 mln so‘m bo‘lib, to‘plagan ovozlar soni 3 744 tani tashkil etdi.