Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN-QIZLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
2023-09-23 08:41:15 217
Toshloq tumani hokimligi tashabbusi bilan “SMShD tex” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur mehnat yarmarkasida mahallalardan tashrif buyurgan 300 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etib, ish taklif etayotgan korxona faoliyati, xodimlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Xotin-qizlarga mavjud mos ish o‘rinlari taklif etildi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida ish.mehnat.uz axborot tizimi orqali taqdim etilgan 350 dan ortiq bosh o‘rinlari ham taqdim etildi. Shu kuni 16 nafar fuqarolarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi. 10 nafar xotin-qizlar kasb-hunar o‘rgatishga yuborildi.
Shuningdek, 274 nafar ayollar korxona rahbariyati tomonidan huquqiy maslahatlar olishdi.