Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: JORIY YILDA TUMANDAGI 19 TA BOGʻCHALARNI ISITISH QOZONLARI YANGILANDI
2023-09-23 09:55:46 262
Ayni kunlarda Toshloq tumanida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tumanda ijtimoiy soha ob’yektlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini ta’mirlash va belgilangan me’yorlarda ishlashini ta’minlash davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda “Toshloq qurilish ta’mirlash” xususiy korxonasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida tumandagi 28 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida isitish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Korxona rahbari Furqatjon Ahmedovning qayd etishicha, mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida muassasalardagi tarmoqlar to‘liq o‘rganib chiqilib, bosqichma-bosqich tejamkor yangi isitish qozonlariga almashtirilmoqda. Shu kunga qadar 19 ta bog‘chalardagi isitish qozonlari yangilandi. Ushbu muassasa binolaridagi isitish tarmoqlari to‘liq ta’mirlandi. Isitish tizimlari ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirildi. Kuz-qish mavsumi uchun 715 tonna ko‘mir mahsuloti rejalashtirilgan edi. Hozirda 800 tonna sifatli ko‘mir mahsulotlari zahira qilindi. Bir so‘z bilan aytganda tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlarida mavsumni betalofat o‘tishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.