Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN YOSHLARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

×

 2023-10-10 13:02:13    210

PDF yuklash
Chop etish


Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi  Muhriddin Ne’matjonov ikkinchi guruh nogironi. Unga yoshlar yetakchisi ko‘magi bilan mini yer haydash traktori berilgan.
U bu yil xonadonidagi bo‘sh turgan 10 sotix yerni haydab, ishlov berib sholg‘om, turp ekdi. Mavsumda o‘z yeridan ortib qo‘shnilari yerini haydab qo‘shimcha daromad ham qilishga erishdi. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zi mehnat qilib tomorqasidan unumli foydalanishga astoydil harakat qilmokda.
—Qo‘lim, oyog‘im but. Ammo sog‘ligimda jiddiy muammo borligi sababli nogiron bo‘lib qolganman. Shunda ham o‘zim mehnat qilib oilam ro‘zg‘origa qarashsam deyman. Har yili otam bilan birga tomorqamizga ekin ekamiz. O‘tgan yili ham turp, sholg‘om ekib 10 million so‘m daromad qilgandik.  Bu yil menga mini yer haydash traktori berishdi. Bu texnikadan unumli foydalanib tomorqamizdagi yerni haydab bu yil ham turp, sholg‘om ekdik. Endi mehnatlarimizga yarasha daromad olamiz degan umidimiz bor,—deydi M. Ne’matjonov.