Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bugun Toshloq tuman hokimi A.Djurabayev tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi qabulni o‘tkazdi
2023-10-10 15:24:59 218
Qabulda tumandagi barcha tashkilotlardan vakillar ishtirok etishdi. Unda tumanning turli manzillaridan kelgan fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Fuqarolarning murojaatlarini batafsil o‘rganib chiqish, qonun doirasida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Unda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 1 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilanib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 5 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.