Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HUDUD OBODLIGI VA AHOLI FAROVONLIGI – ASOSIY VAZIFA
2023-10-11 09:53:05 204
Tumanning “Honariq” MFYda keyingi yillarda keng ko‘lamli hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilib, hudud obodligi va aholi farovonligini ta’minlashda quvonarli yutuqlarga erishilmoqda.
Ayni paytda mahalladagi 783 ta xonadonda 4294 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 oktyabr kungi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1,7 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. 1 ta suv inshooti qurildi. Shuningdek, mahallaning 5 km ichki yo‘llariga shag‘al yotqizildi.
Mahallada ijtimoiy daftarlar ro‘yxatiga kiritilgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha ham ibratli ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 132 nafar oila bekasining 113 nafari ishsiz sifatida qayd etilgan bo‘lsa, qisqa vaqt ichida ularning 107 nafari ish bilan ta’minlandi. Mahallada yashovchi 6 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.
O‘z navbatida “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi 56 nafar yigit-qizlarning 30 nafarga yaqiniga subsidiya asosida mehnat qurollari berilishiga erishildi. —Sabzavotchilik mahallamizning drayveri sifatida belgilangan,—deydi “Xonariq” MFY raisi Ro‘ziboy Mirzayev. – Hozirda ayni yo‘nalishda har bir oila bilan ishlab, tomorqadan unumli foydalanish va shu orqali qo‘shimcha daromad manbaini yaratish borasida izchil sa’y-harakatlar davom etmoqda.
“Ayollar daftari”da turuvchi Dilnoza Xolmirzayeva dehqonchilik qilish uchun 15 sotix yer ajratib berildi hamda tikuv mashinasi sovg‘a qilindi. Natijada ushbu oila barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Xorijdan qaytgan 4 nafar xonariqliklar tadbirkorlikka jalb etilib, o‘z faoliyatlarini boshlashlari uchun 20 million so‘m kredit ajratildi. To‘lanboy Rahmonov ham endilikda o‘z oilasi davrasida, aniq ish faoliyati va daromadga ega bo‘lganidan behad mamnun.
Ayni kunlarda “Xonariq” MFYda mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan ezgu tashabbuslar ijrosini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar izchillik bilan olib borilmoqda. Bu mahalla obodligini ta’minlash va islohotlar samarasi har bir oila misolida yaqqol namoyon bo‘lishida muhim omil bo‘layotir.