Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PIYOZCHILIK MAHALLASIDA SHIRINLIKLAR ISHLAB CHIQARISH Seхi ISHGA TUSHDI
2023-10-12 16:58:11 253
Keyingi yillarda mamlakatimizda yaratilayotgan imtiyozlar natijasida tadbirkorlar safi kengayib, ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda. Ayniqsa, mahallalarda hokim yordamchilari tavsiyasi bilan imtiyozli kreditlarning maqsadli ajratilishi oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda.
"Piyozchilik" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan Gulhayo Ortiqova qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida 33 million so‘mlik imtiyoz kredit olib, o‘z faoliyatini boshladi.
Tadbirkor Gulhayo Ortiqovaning mahalla markazida shirinliklar uyini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ayni kunlarda bu yerda 10 nafarga yaqin xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi. Qandolatchilik syexida 50 turdagi shirinliklar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Dastlab, xonadonimizda “By guli“ oilaviy korxonasini tashkil etdik, - deydi tadbirkor Gulhayo Ortiqova. -Kredit mablag‘lari evaziga uskunalar olib kelinib, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirdik. Bu yerda xotin-qizlar uchun o‘quv kurslarini ham tashkil etildi. Dastlab, ular turli xildagi shirinliklarni tayyorlashni o‘rganadilar.