Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QANJIRGʻA MAHALLASIDAGI KO‘PRIK TA’MIRLANIB, KENGAYTIRILMOQDA

×

 2023-10-19 15:31:41    181

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ishlab chiqarishinfratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-465-sonli qaroriga asosan Toshloq tumanidagi 4R 140 “Marg‘ilon shahri - Quva tumani - Marhamat tumani – Aravon sh.” avtomobil yo‘lining 15 km qismidagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. 
“Qanjirg‘a” MFY hududidan o‘tuvchi Yozyovonsoy tashlamasi ustida 1967 yilda qurilgan davlat ahamiyatidagi ushbu yo‘l o‘tkazgich yaroqsiz holatga kelib qolganligi bois «BRK Guliston» MCHJ tomonidan ta’mirlanmoqda. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ko‘prikning uzunligi 36 metr, eni esa 12 metrni tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 650 million so‘mni tashkil etadi. 
«BRK Guliston» MCHJ ish yurituvchisi Bahodir Mamatovning qayd etishicha, ushbu ko‘prikni rekonstrusiya qilish uchun davlatimiz tomonidan katta mablag‘ jalb etilgan. Yuk ko‘tarish quvvati zamonaviy talablarga javob bera oladigan, uzunligi 36 metr, eni 16 metr hajmga ega ko‘prikda ta’mirlash ishlari tez va sifatli olib boriladi. Buning uchun maxsus texnikalar, mutaxassislar va ishchi-xodimlar jalb qilingan. Ko‘prik ta’miri uchun zarur bo‘ladigan barcha qurilish mahsulotlari keltirilgan.