Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MAQSADIDA MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-10-20 16:11:48    183

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanida ishsiz va band bo‘lmagan xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida “SMShD tex” mas’uliyati cheklangan jamiyatida hamda “Amira Textile” korxonasida bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Dastlab “SMShD tex” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib o‘tgan  mehnat yarmarkasida 200 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi. Ularga  korxonada mavjud mos ish o‘rinlari taklif etildi. Asosan ayollar hamda bolalar uchun kiyim-kechak tayyorlanadigan ushbu korxonada ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatga olindi. Ushbu xotin-qizlar hunarga o‘rgatilib, bandligi ta’minlanadigan bo‘ldi. Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi “Amira Textile” korxonasida ham bo‘lib o‘tdi.  Hududlardan kelgan xotin-qizlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Ishchi-xodimlarga yaratib berilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Ishlash istagini bildirgan ayollar shu yerni o‘zida ishga qabul qilindi.