Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQDA AHOLIGA YANA BIR QULAYLIK YARATILDI
2023-10-23 15:45:08 255
Toshloq tumani markazida aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida yana bir qulaylik yaratildi. Bugun “Agrobank” Farg‘ona viloyati Boshqarmasining Toshloq filiali tomonidan “Smart ofis” aqlli shoxobchasi foydalanishga topshirildi.
“Smart ofis”- aqlli shoxobcha bo‘lib, bank xodimlari ishtirokisiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi. Mazkur shoxobchada barcha turdagi bank operatsiyalari avtomatlashtirilgan holda xizmat ko‘rsatadi. Aqlli shoxobchaga kartomat, avtomatlashtirilgan depozit mashina (ADM), video-teller mashinasi (VTM), bankomat, infokioska hamda Touchscrean (sensorli ekran) qurilmalari joylashtirilgan.
“Smart ofis”- aqlli shoxobchasining ochilish marosimida tuman hokimini birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Umarov, bank xodimlari hamda aholi vakillari ishtirok etdilar. Ular shoxobchada yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.