Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR QABULIDA MUROJAATLAR YeCHIMINI TOPMOQDA
2023-10-31 14:08:04 199
Bugun, Toshloq tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli tuman Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazildi.
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli tashkilot, korxona rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Fuqarolarimiz tomonidan asosan kredit ajratish, oilaviy masalalar, ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, yoshga doir bolalar puli va nogironlik nafaqasi olishda yordam so‘rab va yana bir nechta turdagi masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Tuman hokimi fuqarolarning murojaatlariga yechim topish yuzasidan korxona va tashkilot rahbarlari hamda tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berib o‘tib, natija uchun ma’lum muhlatlar belgiladi.
Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan murojaat egalariga qonun doirasida huquqiy tushuncha va maslahatlar berib o‘tdi.