Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANDAGI 3- HAMDA 4- SEKTOR HUDUDLARIDA KENG JAMOATCHILIK VAKILLARI ISHTIROKIDA UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TDI
2023-11-08 16:09:08 220
Bugun davr shiddat bilan o‘zgarmoqda. Kuni kecha dunyoning o‘zga bir mintaqasida ro‘y bergan voqea-hodisa lahzalarda dunyoning boshqa bir mintaqasida sodir bo‘lishi tabiiy holga aylangan bir davrda faqat ogoh va sergak bo‘lish taqozo etiladi. Chunki, ayni damda dunyoning turli mintaqalarida bo‘layotgan xunrezliklar, qo‘poruvchilik harakatlari har bir kishini yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni asrashga undaydi.
Tuman hokimligi hamda sektorlar rahbarlari ishtirokida “Tinchlikni asrash – davr talabi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda so‘z olganlar, eng ulug‘ va oliy ne’mat bo‘lmish-tinchlikni asrashdek ulkan mas’uliyat har bir fuqaroning zimmasidagi oliy burch ekanligini har bir yurtdoshimizga tushuntirish, ayniqsa, yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan xabardor etish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Yig‘ilish davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar aniq misollar bilan aytib o‘tildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari ham muhokama etildi. Sektor rahbari tomonidan aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.