Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Xalq deputatlari Toshloq tuman kengashining yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

×

 2023-11-10 16:32:53    180

PDF yuklash
Chop etish


Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tegishli mutasaddi tashkilotlar, sektorlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Sessiyada kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4702-sonli qarorini Toshloq tumanidagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi A.Djurabayevning axboroti tinglandi.
2023 yilning 10 oyi davomida jamoat xafsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB boshlig‘i A.Kattabekovning hamda  Toshloq tumani Adliya bo‘limining davlat organlari va tashkilotlarida 2023 yilning o‘tgan vaqt davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Ya.Zulpixorovlarning hisobotlari tinglandi. 
Shuningdek, sessiyada iqtisodiy hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudlarining 2023 yil o‘tgan 9 oy davomida Toshloq tumanida olib borilgan faoliyatlari, joriy yilning 9 oy davomida tumandagi sektorlar faoliyati, davlat dasturlarining ijrosi va tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash sifati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 241-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan 2023 yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.