Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IMTIYOZLI KREDIT OLGAN FUQARO TADBIRKORLIKNI YO‘LGA QO‘YDI
2023-11-27 09:16:18 182
Bugungi kunda ayollarimiz orasida ham ishbilarmon va tadbirkorlar ko‘payib bormoqda. Ularni qo‘llab-quvvatlash va o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari uchun davlatimiz tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilib sharoitlar yaratib berilmoqda.
Shunday ishbilarmon ayollar safi Toshloq tumanining “Xotinqumi” mahalla fuqarolar yig‘inida ham ortib bormoqda. Ular yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib hududda tikuvchilik, qandolatchilikni yo‘lga qo‘yib ishsiz ayollar bandligini ta’minlab kelmoqdalar.
Mushtariy Abdullayeva mahalla hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 30 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lariga xamir qorish uchun mikser va pech sotib olib turli shirinliklar ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Hozirgi kungacha 50 dan ortiq qiz va ayollarga hunar o‘rgatib 5 ta ishchi o‘rni yaratdi. Buyurtmalar asosida do‘konlarga shirinliklar yetkazib bermoqda.
-Mana shu hunar ortidan bir oyda o‘n milliongacha daromad qilaman. Mana shu daromadlar hisobiga kelgusida yangi uskunalarni o‘rnatib ishlab chiqarish jarayonini kengaytirmoqchiman. Bu esa yana qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratilib, hududdagi ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlashimga sababchi bo‘ladi,-deydi M. Abdullayeva.
Bu kabi ishbilarmon ayollar hunar ortidan ham daromad orttirib nafaqat oilasiga ko‘makchi bo‘lyapti, balki o‘zi kabi ayollarni hunarli qilib ish bilan ta’minlamoqda.